Jahon | 22:48 / 21.10.2019
4173
2 daqiqa o‘qiladi

Bayrutdagi namoyishchilar hukumat iste'fosini talab qilmoqda

Al Hadas telekanalining ma'lumot berishicha, namoyishchilar hukumat vaqtdan yutish uchun bajarib bo‘lmas va'dalarni bermoqda.

Livandagi namoyishchilar bosh vazir Saad Xaririy mahkamasi tomonidan ma'qullangan inqirozga qarshi rejani qabul qilmasliklarini bildirishdi. Al Hadas telekanali namoyishchilar tomonidan qabul qilingan bayonot haqida ma'lumot berdi.

"Hukumat vaqtdan yutmoqchi va bilib turib bajarib bo‘lmas qarorlarni taklif qilmoqda. Biz barchani norozilik namoyishlarida qatnashishga va hukumatning iste'foga chiqishiga erishishga chaqiramiz", - deyiladi unda.

Avvalroq Livan bosh vaziri Saad Xaririy mamlakatdagi moliyaviy inqirozni yechish uchun kompleks chora-tadbirlar va islohotlar o‘tkazilishini, jumladan, hozirgi va sobiq vazir hamda deputatlarning maoshlari 50 foizga kamaytirilishini, moliyaviy inqirozga qarshi kurashish bo‘yicha qator choralar ko‘rilishini e'lon qilgandi.

Al Watan agentligining xabar qilishicha, bosh vazirning nutqidan so‘ng Bayrut markazidagi maydonga yig‘ilgan namoyishchilar "Xalq rejim almashishini talab qiladi!" deb hayqirgan.

Mavzuga oid