Sport | 01:41 / 03.12.2019
58204
2 daqiqa o‘qiladi

Messi – 6 karra «Oltin to‘p» sohibi

Foto: AP

«Barselona» hamda Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi France Football tomonidan o‘tkazilgan 2019 yilgi «Oltin to‘p» sovriniga munosib ko‘rildi. Bu Leoning faoliyatidagi oltinchi «Oltin to‘p»dir.

32 yoshli argentinalik futbolchi ovoz berish natijalariga ko‘ra «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Messi sentabr oyi oxirida FIFA tomonidan 2018/2019 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi – The Best sovriniga ham loyiq ko‘rilgan edi. 

«Oltin to‘p - 2019» so‘rovnomasi reytingi:

1. Lionel Messi (Argentina, «Barselona»)
2. Virjil van Deyk (Niderlandiya, «Liverpul»)
3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus»)
4. Sadio Mane (Senegal, «Liverpul»)
5. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»)
6. Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»)
7. Alisson (Braziliya, «Liverpul»)
8. Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya»)
9. Bernardo Silva (Portugaliya, «Manchester Siti»)
10. Riyoz Mahrez (Jazoir, «Manchester Siti»)

Shuningdek, Parijda o‘tgan marosimda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar e'lon qilindi:

Image

«Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» – Megan Rapino (AQSh)

Image

«Yilning eng yaxshi darvozaboni» (Lev Yashin sovrini) – Alisson Beker (Braziliya, «Liverpul»)

Image

«21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchi» («Copa Trophy») – Matteys de Ligt («Ayaks»/«Yuventus», Niderlandiya)

Mavzuga oid