Boeing mash'um 737 MAX samolyotini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Boeing kompaniyasi 2020 yil yanvardan 737 MAX samolyotlarini ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytilgan.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu holat samolyotni sertifikatlash 2020 yilga ko‘chirilgani bilan bog‘langan.
“Ishlab chiqarishning to‘xtatilishi e'tiborni mavjud samolyotlarning yetkazilishiga mujassamlashtirishga imkon beradi”, deyilgan Boeing’da.
737 MAX modelidagi samolyotlar parvozlari 2018 yil oktyabrda Indoneziyada Lion Air va 2019 yil martda Ethiopian Air aviakompaniyalarining shu turdagi samolyotlari aviahalokatga uchragandan keyin mart oyidan to‘xtatilgandi. Boeing hozirda aviahalokatga olib kelgan muammolarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi martdagi aviahalokatdan keyin samolyotning sertifikatlanishini tekshirishni boshlagan. U yakunlangunga qadar bu modeldagi samolyotlar parvozi taqiqlangan. Avvalroq kompaniya sertifikatlash jarayoni 2019 yil oxirigacha yakunlanishiga umid qilishini aytgan.
Mavzuga oid
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
21:56 / 23.10.2024
Boeing sun’iy yo‘ldoshi kosmosda parchalanib ketdi
10:20 / 21.10.2024