Jahon | 16:16 / 14.09.2020
32379
1 daqiqa o‘qiladi

Tixanovskaya Putinga murojaat bilan chiqdi

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Sochida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv davomida imzolanadigan har qanday kelishuv kuchga ega bo‘lmaydi, chunki u mamlakatning qonuniy rahbari hisoblanmaydi.

Foto: Globallookpress

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat bilan chiqdi. Uning murojaatini Tut.by portali o‘z Telegram-kanalida joylashtirdi.

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Sochida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv davomida imzolanadigan har qanday kelishuv kuchga ega bo‘lmaydi, chunki u mamlakatning qonuniy rahbari hisoblanmaydi. U muxolifat agar hukumat tepasiga keladigan bo‘lsa, Sochi muzokaralari yakuni bo‘yicha tuziladigan barcha kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishini aytdi.

Rossiya va Belarus rahbarlari 14 sentabr kuni Sochidagi Bocharov ruchey qarorgohida «yakkama-yakka» shaklda uchrashishadi. Uchrashuvda hujjat imzolash rejalashtirilmagan.

Mavzuga oid