O‘zbekiston | 16:04 / 05.12.2020
16964
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim vazirlik va idoralar funksiyalari bir-birini takrorlayotgani ma'lum qilindi

Yo‘l xo‘jaligi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, o‘rmon xo‘jaligi, turizm, tabiatni muhofaza qilish, davlat xususiy sheriklik, farmatsevtika sohalaridagi idoralar faoliyati tahlil qilindi va ularda 48ta takrorlanuvchi funksiyalar aniqlandi.

O‘zbekistonda davlat tashkilotlarida 50ga yaqin takrorlanuvchi funksiyalar aniqlangan va 29ta tashkilot samarasiz faoliyat yuritgani uchun tugatilgan. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A'zam Madaminov ma'lumot berdi.

UayIPlWEonLFWOYcTasKVl5bbZhr16VX.jpg (1920×1080)
A'zam Madaminov

«2018 yilda Adliya vazirligida davlat boshqaruvi tizimini tahlil qilish boshqarmasi tashkil etilgan va unga davlat tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish vazifasi yuklangan. Mazkur vazifa doirasida bugungi kungacha Adliya vazirligi tomonidan 50ga yaqin tashkilotlar faoliyati o‘rganildi. Jumladan, yo‘l xo‘jaligi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, o‘rmon xo‘jaligi, turizm, tabiatni muhofaza qilish, davlat xususiy sheriklik, farmatsevtika sohalaridagi vazirlik, idoralar faoliyati tahlil qilindi va bularda 48ta takrorlanuvchi funksiyalar aniqlandi.

36ta davlat boshqaruvi organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar funksiyasini qo‘shib birgalikda olib borish holatlari aniqlangan. Bunday holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlanib, yuqori turuvchi idoralarga kiritilgan.

Davlat boshqaruvi tizimini byurokratiyadan xoli va fuqarolarga yanada yengillik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar asosida 2019 yil 9 dekabrda 4546-sonli prezident qarori qabul qilindi. Bu qaror bilan fuqarolardan talab qilinadigan 28ta turdagi hujjatlar bekor qilindi. 11ta funksiya mahallalardan tegishli davlat organlariga o‘tkazildi. Faoliyati samarasiz deb topilgan 29ta idora va kollegial organlar tugatildi», deya institut rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid