BMT bosh kotibi Moderna vaksinasi bilan emlandi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirusga qarshi Moderna kompaniyasi vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.
“Eslashimcha, u Moderna vaksinasini oldi”, deb aytgan Dyujarrik brifing vaqtida.
Guterrish 28 yanvarda belgilangan ikki doza vaksinadan birinchisini olganini ma'lum qilgan. Bundan avvalroq BMT bosh kotibi jurnalistlar bilan suhbatda umumiy navbat bo‘yicha emlanayotganini, yoshi 71daligi sababli Nyu-York shtati emlash jadvalida ustuvorlikka ega bo‘lgan 65 yoshdan kattalar guruhiga kirishini ma'lum qilgan. Biroq BMT rahbari aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmagandi.
“Bugun men koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olish baxtiga muyassar bo‘ldim. Biz vaksina hamma uchun va hamma yerda bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha ishga kirishishimiz lozim. Pandemiya vaqtida barchamiz xavfsizlikda bo‘lmagunimizgacha, hech qaysi birimiz xavfsizlikda bo‘lmaymiz”, deb yozgan Guterrish tvitterda.
Guterrish vaksina 2021 yilda ommaviy qo‘llash uchun hamma yerda yetarli bo‘lsa, 2022 yilda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni o‘nglash mumkinligini aytgan. Shu bilan birga, u emlash bilan hayallash koronavirusni og‘irroq asoratlarga ega bo‘lgan, mavsumiy grippga o‘xshash kasallikka aylantirishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024