Surxondaryoda yosh haydovchi boshqargan «Neksiya» daraxtga urildi va ag‘darilib ketdi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 19 yoshli haydovchi «Neksiya» mashinasida boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. So‘ng mashina ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 may kuni M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jarqo‘rg‘on tumani Oqtepa mahallasi hududidan o‘tuvchi 1603-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
2002 yilda tug‘ilgan haydovchi T.X. «Neksiya» mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib daraxtga urilgan. Hodisa tufayli mashina ag‘darilib ketgan. Oqibatda «Neksiya» salonida bo‘lgan 2005 yilda tug‘ilgan F.E. tan jarohati olib, Termiz shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari hodisa joyiga chiqib aholi o‘rtasida muhokama-targ‘ibot ishlarini olib borgan.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024