O‘zbekiston | 17:15 / 05.07.2021
8298
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqamizda Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e'tibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta'kidlandi.

Shuningdek, prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqdilar.

Mavzuga oid