O‘zbekiston | 07:18 / 29.07.2021
4144
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda qizni o‘g‘irlab ketgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Nukus shahrida nikohdan o‘tish maqsadida sheriklari bilan qiz o‘g‘irlagan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nukus shahar sudiga ariza kelib tushgan. Unda keltirilishicha, B.ismli yigit tanishlari bilan G. ismli qizni nikohdan o‘tish maqsadida majburan o‘g‘irlab ketgan. Voqea Nukusning 27-kichik tumanida sodir bo‘lgan.

Nukus shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 Ish sudda ko‘rib chiqilib, B. va sheriklari aybli deb topilgan. Jinoyat davomida foydalanilgan «Nexia» rusumli avtomobil davlat foydasiga musodara qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qo‘ng‘irotda 18 yoshli yigit o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgandi.

Mavzuga oid