O‘zbekiston | 10:47 / 06.11.2021
27645
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev ikkinchi prezidentlik muddatiga rasman kirishdi

Bugun, 6 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yangi binosida O‘zbekiston respublikasining saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tyapti. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, parlamentning har ikki palatasi, keng jamoatchilik kuzatib borayotgan tadbir Senatning yangi binosi katta zalida boshlandi va dastlab Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik ramzlari topshirildi. Ta'kidlash joiz, shtandartlar bilan bog‘liq bunday marosim O‘zbekiston tarixida ilk marta o‘tkazilyapti.

Zalga tantanali ravishda quyidagilar olib chiqildi: O‘zbekiston bayrog‘i; Prezident shtandarti; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; Muqaddas Qur'oni Karim; Prezidentlik belgisi.

Dastlab Markaziy saylov komissiyasi rahbari Zayniddin Nizomxo‘jayev so‘zga chiqdi va saylov jarayoni hamda natijalar bilan tanishtirdi. Shu bilan birga, MSK raisi Shavkat Mirziyoyevni g‘oliblik bilan tabrikladi va maxsus guvohnomani topshirdi. 

Shundan so‘ng prezident tantanali qasamyod qildi va O‘zbekiston respublikasi madhiyasi tinglandi. Tadbir davomida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Mavzuga oid