O‘zbekiston | 16:36 / 12.11.2021
1357
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda haydovchining pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: dvitex.ru

Termiz tumanida haydovchining pulini bermay o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 oktabr kuni Termiz shahrida yashovchi I.Isroil Termiz tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasiga ko‘ra, Termiz tumani Uchqizil mahallasida yashovchi B.Sardor 20 tonna karamni yuk mashinasi bilan Moskvaga olib borib berishga kelishib, evaziga 2,5 ming AQSh dollari berishini aytgan.

Shundan so‘ng I.Isroil 2020 yil 26 yanvar kuni Termiz tumani Ayritom mahallasidagi bojxona omborxonasidan 20 tonna karam mahsulotini o‘zining yuk mashinasiga ortib, Moskva shahriga olib borgan. Ammo B.Sardor uni aldab, yukni qabul qilib olmaganligini bildirgan va yo‘lkirani berishdan bosh tortgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 27 oktabr kuni B.Sardorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid