O‘zbekiston | 16:16 / 11.02.2022
17495
1 daqiqa o‘qiladi

Asaka tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Asaka tumani 59-maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Kun.uz muxbiri holat yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Qayd etilishicha, voqea 10 fevral kuni 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuz bergan. Maktabning 9-D sinf o‘quvchilari N.A, M.B, I.N, O.M hamda 9-B sinf o‘quvchisi X.B. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjal yuzaga keladi.

Natijada X.B.ning bir nechta joyiga kichik jarohatlar yetkazilgan. Hozirda Asaka tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid