O‘zbekiston | 14:51 / 19.02.2022
9056
1 daqiqa o‘qiladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev hamda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmatining xabar berishicha, muloqotda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, shuningdek, din va e’tiqod erkinligi yo‘nalishida turli din vakillari uchun yaratib kelinayotgan yangiliklar haqida so‘z borgan.

«Uchrashuvda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida AQSh bilan hamkorlik o‘zining ijobiy natijalarini berayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro delegatsiyalarning tashriflari, inson huquqlari va vijdon erkinligi mavzularida turli tadbirlarning birgalikda o‘tkazilishi, sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan tajriba almashish juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgani ham e’tirof etildi», - deyiladi qo‘mita xabarida.

Shuningdek, elchi Daniyel Rozenblyum AQSh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy bag‘rikenglik va inson huquqlariga doir islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Mavzuga oid