O‘zbekiston | 12:00 / 29.04.2022
12240
6 daqiqa o‘qiladi

Canaan Travel bilan birgalikda sayohatlarning yangi mavsumi!

Foto: Canaan Travel

Mavsum xiti – «Turk Riverasi» turi – ushbu kurort mavsumida turistlarni kutmoqda!

Canaan Travel kompaniyasi O‘zbekistonning barcha burchagidagi sayohatchilar oldida boshqa mamlakatlarga eshiklarini ochmoqda – bu chet eldagi, dunyoga mashhur bo‘lgan sayyohlik ziyoratgohlaridir. Bularning barchasi – hamyonbop. «Turk Riverasi» – bu O‘rta Yer dengizi sohilidagi Antaliyaning ajoyib besh yulduzli mehmonxonalarida dam olish va go‘zal Istanbul tarixi va madaniyati bilan tanishish imkoniyatini beradigan bir haftadir.

Turkiyaga sayohat qimmatga tushishi mumkindek tuyulishi mumkin, lekin bunday emas – to‘plamli tur (havo sayohati, mehmonxonada joylashish, transfer va gid xizmatlarini o‘z ichiga olgan tur) mustaqil sayohatdan ko‘ra ancha arzon. Narxlar bilan batafsil kompaniyamiz saytida tanishib chiqishingiz mumkin, ular sizni ajablantiradi.

Bugungi kunda turga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Urganch shaharlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar orqali jo‘nab ketish mumkin. Canaan Travel kompaniyasining ofislari yuqoridagi keltirilgan shaharlarda bor.

Nega «Barchasi Kiritilgan» tizimi bo‘yicha plyaj ta’tili – «Turk Riverasi» turi bu qadar arzon? Buning siri oddiy – kompaniya samolyot va mehmonxonalardan, ancha avval katta guruhlarga joylarni bron qiladi, shu tufayli maxsus narxlarga ega bo‘ladi.

Tur to‘la qiymatli ekskursiya dasturini o‘z ichiga oladi. Ayya-Sofiya, Topkapi saroyini ziyorat qilish va Bosfor bo‘ylab sayohat – sayohatchilarni bee’tibor qoldirmaydi. Bundan tashqari, sayohatchilar Antaliyadagi eng baland sharsharani ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Lekin «Turk Riverasi» – Turkiyaga yagona ko‘ngilochar tur emas.

O‘zining ajoyib manzaralari va majoziy go‘zalligi bilan hayratga soladigan Kapadokiyaga sayohat doirasida, sayohatchilarni taassurotlar dengizi kutmoqda. Shuningdek, dastur ichida Istanbulning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish va Antaliya – dam oluvchilarni o‘zining ajoyib havosi va tabiati bilan xursand qiluvchi, yirik turistik shahar bo‘ylab ekskursiya bor. Bu yerda tekstil fabrikasiga borish mumkin bo‘ladi. Fabrikada mehmonlarga turli xil matolarni ishlab chiqarishdagi sirlar haqida so‘zlab berishadi hamda yuqori sifatdagi tekstilni xarid qilib olishni taklif qilishadi. Charm va zargarlik markazlariga ekskursiyalar, shuningdek, Jumhuriyet Meydani markaziy shahar maydoniga tashrif ham qiziqarli va hayajonli bo‘ladi.

Respublikamizning barcha sayohatchilari mehrini qozongan Canaan Travel kompaniyasining Turkiyaga eng mashhur sayohatlaridan biri – «Muhtasham Yuz Yil» turi bo‘ladi. Bu yettita shahar – hashamatli Istanbul, qirg‘oq bo‘yidagi Chanoqalla, antiqiy Troya, qadimgi Efes, quyoshli Kushadasi, betakror Pamukkale va plyajli Antaliya kabi shaharlarning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab faqat ekskursiya turidir. Sayohatchilar Marmar, Egey va O‘rta Yer dengizlarini ko‘rish noyob imkoniga, shuningdek, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozi bo‘ylab suv sayohati imkoniga ega bo‘lishadi.

Lekin Turkiya bilan Canaan Travel kompaniyasining tanlovi cheklanmagan – Misr, Dubay va boshqa mamlakatlarga ham sayohatlar mavjud.

Misrda sayohatchilarni butun dunyoga mashhur Misr piramidalari bilan tanishish, Qizil dengizning tiniq va iliq suvlarida dam olish kutmoqda. Uning suv olami xilma-xilligi 1250 ga yaqin turlarini o‘z ichiga oladi – dayving va snorkelingni xush ko‘ruvchilar marjon riflarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Turistlar qadimgi davrning eng buyuk me’moriy inshooti – Buyuk Sfinksni, shuningdek, yahudiy va nasroniylarning ziyoratgohlaridan biri – Muso tog‘ini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin. Ta’tilni a’lo darajada o‘tkazishga dayving va motosafari yordam beradi.

Turistlar BAAdagi ta’tillaridan ham afsuslanishmaydi. Ularni u yerda Palma Jumeyra oroliga sayohat, dunyodagi yirik masjidlardan biri – Shayx Zayd masjidi va Burj Xalifa – planetadagi eng baland osmono‘par binosi kabi joylar bilan tanishuv kutmoqda. 285 gektardan ortiq maydonga ega bo‘lgan ulkan ko‘ngilochar majmua hududida, yuzlab turli xil shoular va bolalar hamda kattalarning didiga mos attraksionlar mavjud bo‘lgan Dubay bog‘lari sayohatga yorqin hissiyotlarni qo‘shadi.

Oddiy ta’tilni unutilmas sarguzashtga aylantira oladigan, tartibga solingan mexanizm bo‘lgan Canaan Travel kompaniyasining asosiy ustunliklari – mijozlarning xavfsizligi haqida qayg‘urish, hujjatlarni rassmiylashtirishning yuqori tezligi, birinchi toifali xodimlar (gidlar, texnik qo‘llab-quvvatlash, haydovchilar, agentlar), shuningdek, dunyoning yetakchi mehmonxonalari va aviakompaniyalari bilan hamkorlikdir. Bundan tashqari, kompaniya hozirda «Yil brendi» yil mukofotiga nomzod bo‘ldi. Kompaniyamizga ovozingizni Telegram-botda berishingiz mumkin @makon_brand_bot.

Turlar haqida batafsil ma’lumotni shahringizdagi filialdan oling:

Toshkent: Sariko‘l ko‘chasi, 7-uy, +998 78 129-07-40;

Samarqand: M. Ulug‘bek ko‘chasi, 60-auy, +998 66 233-07-40;

Urganch: Tinchlik ko‘chasi. (Yog‘du) 15-uy, +998 62 227-70-40;

Farg‘ona: A. Navoiy ko‘chasi, 3-uy, +998 73 226-07-40.

Canaan Travel sayti: canaan.uz

Instagram: @canaan.uz

Telegram: @canaan_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid