Iqtisodiyot | 17:23 / 29.07.2022
31497
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Bungacha dollar kursi ketma-ket uch kun pastlagandi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,25 so‘mga ko‘tarilib, 10 912,36 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham 58,88 so‘mga yuqorilab, 11 133,88 so‘m bo‘ldi. Rublda esa pasayish kuzatilgan — Rossiya valutasi kursi 4,20 so‘mga tushib, 177,22 so‘mga teng bo‘ldi.

28 iyul kuni dollar kursi qatorasiga uchinchi marta pasayib (-34,29 so‘m), 1 dollar 10 908,11 so‘mga tushgandi. 

Mavzuga oid