O‘zbekiston | 09:00 / 13.09.2022
2292
5 daqiqa o‘qiladi

Viessmann'dan sanoat isitish qozonlari – har bir detalda ishonchlilik

Jamoat, sanoat binosi yoki yirik turar joy majmuasini foydalanishga topshiryapsizmi? Viessmann sanoat isitish qozonlari yordamida mijozlaringizga iliq va qulay bo‘lishi haqida qayg‘uring. Isitish jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi CRU 800-1000kVt turiga mansub yangi Vitocrossal 300 modeli bilan tanishishni taklif etadi – endi yuqori quvvatli qozonlar montaji soddalashdi, gaz tejamkorligi esa bir necha barobarga o‘sdi!

Foto: Viessmann

CRU 800-1000kVt turiga mansub yangi Vitocrossal 300 modeli muhim afzalliklarga ega: modernizatsiyalangan gorelka qozon o‘lchamini sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi, qurilmaning modulli tamoyili esa, uni montaj qilish va tashishni yengillashtiradi. Har qanday yuklamada samarali va barqaror yonib turish yuklamaga moslashtirish imkonini beradi, bu chiqishda issiqlikning qulay darajasini saqlab qolgan holda, gazga xarajatlarni maksimal darajada tejashga xizmat qiladi. Yangilangan funksiyalar haqida batafsilroq so‘zlab beramiz.

Soddalashtirilgan montaj

Ko‘pincha isitish qozonini tashish va montaj qilish uning katta o‘lchamlari tufayli qiyinlashadi, shu sababli yuqori quvvatli qozonlar modernizatsiyasi, joy yetishmasligi tufayli, cheklangan doiradagina mumkin bo‘lardi. Endi bu o‘tmishda qoldi. Past alangali Matrix-disk innovatsion gorelkasi yordamida qozon o‘lchamlarini sezilarli qisqartirishga erishildi. Qanday qilib?

Gazli isitish qozonining ichi qanday tuzilganligini ko‘rib chiqamiz. Standart gorelkalar, alanganing balandligi tufayli, qozonning o‘zini ham uzun bo‘lishini taqozo qilardi. Qiyoslash uchun – avvallari qo‘llanilgan, bosimi oshiriladigan gorelkalarda anchagina baland alanga bo‘lardi. Viessmann kompaniyasi ishlab chiqqan yangi Matrix-disk gorelkasida alanganing balandligi taxminan bir metrga pastroq bo‘ladi. Yonish kamerasining balandligi ham shunchaga qisqaradi, pirovardida qozon o‘lchamlari sezilarli kamayadi. Innovatsion texnologiyalar tufayli, montaj maydoni qariyb uchdan bir baravarga qisqarib, obektgacha tashish ham osonlashdi.

O‘zining ixchamligiga qaramay, Vitocrossal 300 e’lon qilingan quvvatini va funksionalligini saqlab qoladi. Shuningdek, gorelka va qozonning ikkita moduli (yonish kamerasi va issiqlik almashgich) alohida-alohida tashilishi hisobiga, uning montaj maydonchasiga yetkazilishi ham soddalashadi. Isitish qozonining modulli konstruksiyasi buni har qachongidan ham ko‘ra soddaroq amalga oshirish imkonini beradi. Isitish qozonining maydoni cheklangan holatlarda bu ideal yechim sanaladi.

Isitish qozonining surilma qoplamaga ega ekanligi gorelka tomonidan va gaz o‘tadigan tomondan qozonning barcha nuqtalariga osongina, qoplamani yechmay qo‘l yetishini ta’minlaydi. Bu texnik xizmat ko‘rsatishda srevis jarayonlarini sezilarli soddalashtiradi va tezlashtiradi.

Qozonning modulli bajarilganligi

MatriX gorelkasining matritsali diski maxsus issiqqa chidamli zanglamaydigan toladan tayyorlangan. Yangicha MatriX diskli gorelkasini ishlab chiqish orqali Viessmann o‘zining texnologik bozordagi yetakchiligini yana bir bor namoyish etmoqda. Bundagi markaziy unsur gorelka diski sanaladi. U noyob mustahkamlik va gaz o‘tkazuvchanlikni o‘zida mujassam qiladi, bu yuqori issiqlik yuklamalariga nisbatan chidamlilikni, shuningdek foydalanish uchun yuqori darajada ishonchli bo‘lishini, ekologik xavfsizligi va uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi.

Gorelka diskining maxsus konstruksiyasi alanga haroratini pasaytirish va zararli tashlamalar yuzaga kelishini kamaytirish uchun yonish kamerasida havo oqimlari aylanishini ta’minlaydi.

Har qanday yuklamada samarali va barqaror yonish

Isitish qozoni samaradorligining eng muhim parametrlaridan biri – bu gorelka modulyatsiyasining chuqurligidir.

Modulyatsiya – bu issiqlikka bo‘lgan ehtiyojga qarab gorelka quvvatini sozlash diapazonidir. Bu sohada Vitocrossal 300 o‘zining butun mahoratini namoyon etadi. Gorelka konstruksiyasi yuksak modulyatsiyani ta’minlaydi, bu esa yuklamaga avtomatik moslashish imkonini beradi. Shu tufayli haqiqatan qancha zarur bo‘lsa, aynan o‘shancha quvvat ishlatiladi. Natijada xarajatlarni kamaytirish va gazni salmoqli tejash imkoniyati yaratiladi. Vitocrossal 300 qozonlarining muhim fazilati atrof-muhitga zararning minimalligi sanaladi.

Xizmat ko‘rsatishning qulayligi

Katta rangli sensorli displeyga ega Vitotronic  kontrolleri sodda va foydalanishda hissiy tushunarlidir. Yordamchi funksiyasi foydalanishga joriy qilishda yordam beradi, kaskadlashning mumkinligi esa, sakkiztagacha qozonni yagona intellektual tizimga jamlash imkoniyatini beradi.

Viessmann isitish qozonlari bilan tanishish uchun Telegram'da https://t.me/NigmonKabulov ariza qoldiring va isitish jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisidan manfaatli taklifga ega bo‘ling!

Konsultatsiyalar uchun telefon: 

📲 +998977331155
📲 +998907995445

Sinalgan innovatsiyalar? Albatta, Viessmann

Mavzuga oid