Ledokol Group: O‘zbekistonda tashqi reklama qamrovini rejalashtirishimiz mumkin
Ledokol Group reklama agentligi tashqi reklama samaradorligi tizimini baholash - METER AdTech-startapining hamkoriga aylandi.
Tashqi reklama — o‘z tovari va biznesi haqida atrofdagi odamlarga so‘zlab berishning eng qadimgi va eng dolzarb usullaridan biri sanaladi. Digital-reklamaning faol rivojlanishiga va savdoning onlayn shaklga o‘tishiga qaramay, tashqi reklama o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Dastlab O‘zbekistonda klassik statik formatlar ustunlik qilgan bo‘lsa, keyingi yillarda multimedia formatlari keng qo‘llana boshlandi. Bundan tashqari, piyodalar va avtomobil harakatlarining keskin o‘sishi kompaniyalarga OOH (out of home) formatlari orqali odamlar bilan muloqot qilish imkonini beradi.
2021 yilgacha qurilmalar soni taxminan 12 000 ni tashkil etgan, shundan 7 000 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan bo‘lib va O‘zbekistonda klassik bilbordlarni ommaviy demontaj qilish boshlangan va ularning soni 65% ga kamayganiga qaramay, raqamli formatlar ulushi jadal o‘sib bormoqda. 2022 yilda LED ekranlar soni 40% ga oshdi.
Yaqin vaqtgacha tashqi reklama bozorida reklama kampaniyalarini prognoz qilish hamda qamrovni hisoblash uchun hech qanday vosita mavjud emas edi. Ammo yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan outdoor-reklama digital-kommunikatsiyaning to‘la huquqli ishtirokchisiga aylandi. O‘zbekistonning Ledokol Group reklama agentligi 2022 yilda tashqi reklama samaradorligini baholashning yangi tizimi – METER'ni joriy qilishni boshladi.
Tizim ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi:
- telekommunikatsiya kompaniyalaridan (mobil aloqa operatorlarining shaxsiylashtirilmagan ma’lumotlari);
- mobil ilovalardan (navigatorlar, o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar, lifestyle ilovalari va boshqalar);
- Internet DMP'dan profillarni (qiziqishlar, sevimli mashg‘ulotlar, tashrif buyurilgan saytlar/ilovalar).
«O‘zbekiston bozorida tashqi reklama talabgir sanaladi. Uning o‘ziga xosligi uning soddaligida bo‘lib — hamma uning nima ekanligini va qanday ishlashini yaxshi tushunadi. Mijozlarda joylashtirishga ehtiyoj bor, shuning uchun, reklama kampaniyasining samaradorligi ustida ishlayotgan operatorlar hamda agentliklarning nostandart yondashuvlari tufayli sohaga talab bor va u rivojlanishda davom etmoqda. Biroq tashqi reklamaning asosiy muammosi shundaki, uzoq vaqt davomida uning miqyosi o‘lchanmagan edi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan aniq o‘lchash tizimini yaratish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Ledokol Group reklama agentligi METER AdTesch startapining hamkoriga aylandi. Endilikda, O‘zbekiston tashqi reklama bozorida raqamlar asosida qurilmalarni tanlash, mijozlarga segmentlar bo‘yicha qamrov hisobini taqdim etish, reytinglar bo‘yicha Top'dagi reklama yuzalarini tushunish, issiqlik xaritalarini segmentlar bo‘yicha tahlil qilish hamda, samarali-optimallashtirilgan reklama kampaniyasini o‘tkazish mumkin», - deya sharhladi OOH Ledokol Group bo‘limi rahbari Muzaffarov Sherzod Jo‘rayevich.
Manzilli dasturni optimallashtirishga misol tariqasida quyidagi keysni ko‘rib chiqish mumkin.
Masalan, brendning vazifasi Toshkent shahrida xabardorlikni tezkor qurishdir. Bu yangi yil aksiyasi yoki yangi restoran ochilishi yoki operatorda yangi tarif rejasini ishga tushirish bo‘lishi mumkin..
Agar shaharning o‘ttizta yaxshi yuzalari manzilli dasturiga kiritilsa (1-rasm), u holda oylik qamrov 6 yoshdan oshgan Toshkent aholisining 90 foizini, ya’ni 2,28 mln kishini tashkil etadi. Bunday aksiyaning taxminiy qiymati 152 million so‘mni tashkil etadi.
Bordi-yu, agar biz manzilli dasturni biroz optimallashtirsak, METER'da jamlangan ma’lumotlarga ko‘ra maxsus tanlangan yigirmata reklama qurilmasini qoldirish mumkin.
Shunda, bu kabi maqsadli dasturning umumiy qamrovi (2-rasm) Toshkent shahrida yashovchi 6 yoshdan oshgan aholining 8 foizgacha (2,18mln kishi)sini tashkil etadi, bunda baholangan qiymati 112mln so‘mgacha kamayadi.
Ya’ni sezilarli darajada budjet tejalgan holda, umumiy qamrov samaradorligi deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda.
Optimallashtirish boshqa tarafga ham ishlaydi: agar budjet qat’iy cheklangan bo‘lsa, unda ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu budjyetga munosib maksimal samarali manzilli dasturni tanlash mumkin.
OON — reklama tobora rivojlanib bormoqda va raqamli reklama — DOOH'ga transformatsiya bo‘lmoqda. 2023 yildagi va navbatdagi bir necha trendlar va ehtiyojlar quyidagicha bo‘ladi:
- raqamli outdoor-reklama (DOOH) ulushini oshirish;
- aqlli texnologiyalarni qo‘llash
- qamrov borasida ma’lumot olish
- noodatiy va nostandart formatlarni joriy etish
- reklama kampaniyasining samaradorligini hisob-kitob qilish
Innovatsion tizim tashqi reklama ufqlari va imkoniyatlarini kengaytiradi va reklama beruvchiga qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi. OOH'dagi zamonaviy yondashuvi kelgusi yillarda tashqi reklama xarajatlariga katta hissa qo‘shadigan asosiy o‘sish omiliga aylanadi. Ledokol Group agentligi bunday imkoniyatlarning vakili sanaladi.
📞 Telefon: +99890 315 00 03
📥Telegram -kanal: https://t.me/ledokolagency
🖥 Sayt: https://ledokolgroup.com/?utm_source=kunuz&utm_content=raf
Reklama
Mavzuga oid
20:19 / 23.04.2024
Ledokol Group: 16 yildan buyon reklama bozorida
20:46 / 30.10.2023
Raqamli biznesda samarali marketing tizimini qanday qurish mumkin - Ledokol Media Day 360 qanday o‘tdi?
13:06 / 09.09.2020
Dilshod Muzaffarov, Ledokol Group: «Reklama bozoriga bir-biri bilan hamkorlik qilishni xohlaydigan va yangi g‘oyalarga ega yangi shaxslar kerak»
11:00 / 23.04.2020