Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lib qolyapti
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 2,4 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 2,2 mlrd hamda 1,1 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
— Turkiya – 821,4 mln;
— Germaniya – 674,2 mln;
— Koreya – 604,3 mln;
— Turkmaniston – 263,4 mln;
— Qirg‘iziston – 253,5 mln;
— Fransiya – 206,8 mln;
— Litva – 205,2 mln.
Bundan oldin O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilingandi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 1,6 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 807 mln dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.
Mavzuga oid
17:54
T-Mobile uyali aloqa operatori xitoylik hakerlar hujumiga uchradi – OAV
16:48
Xitoyda ayol bir sutkada olti marta plastik operatsiya qilinganidan so‘ng vafot etdi
14:22
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi
13:20