BMT: Sudandagi mojaro tomonlari muzokaraga rozi bo‘ldi
Sudandagi mojaro tomonlari o‘rtasidagi muzokaralar Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi mumkin, dedi BMT bosh kotibining maxsus vakili. Ular barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan bo‘lishi kerak, deydi Pertes.
Sudandagi mojaro tomonlari o‘z vakillarini muzokaralarga, ehtimol Saudiya Arabistoniga yuborishga kelishib oldilar. Bu haqda 1 may, dushanba kuni BMT bosh kotibining Sudan bo‘yicha maxsus vakili Folker Pertes ma’lum qildi.
Agar muzokaralar bo‘lib o‘tsa, ular dastlab “barqaror va ishonchli” o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini o‘rnatishga qaratilgan bo‘ladi, dedi Pertes AP agentligiga. Shu bilan birga, u barqaror muloqot o‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar haqida ogohlantirdi.
O‘tgan hafta davomida bir qator vaqtinchalik yarashuvlar faqat bir qator hududlarda janglarning susayishiga olib keldi, qolganlarida esa shiddatli to‘qnashuvlar davom etmoqda, bu esa uylarini tashlab ketayotgan mahalliy aholi oqimining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda, deya ta’kidlaydi AP axborot agentligi.
Tinch aholi orasida o‘lim holatlarini kuzatuvchi Doktorlar sindikati 1 may kuni e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro avj olgandan beri kamida 436 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan.
15 apreldan buyon Sudanda mamlakatning amaldagi prezidenti bo‘lgan, O‘tish davri suveren kengash rahbari Abdul Fattoh al-Burhon va kengash rahbari o‘rinbosari, Tezkor harakat kuchlariga rahbarlik qiluvchi Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasida ziddiyat keskin kuchaygan.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024