XDPdan prezidentlikka nomzod ma’qullandi
Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov nomzodi prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
2023 yil 12 may kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenumda 2023 yil 9 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan O‘zbekiston prezidenti saylovida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki to‘g‘risida masala muhokama etildi.
O‘zbekiston prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Ulug‘bek Inoyatov nomzodi partiyaning qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Inoyatov partiyaga 2019 yildan buyon rahbarlik qilib keladi. 2021 yil oktyabridagi prezidentlik saylovlarida partiyadan Maqsuda Vorisova nomzod bo‘lgan va 6,63 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egallagandi.
Bundan avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Hamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:22 / 28.08.2024
“Poytaxtda 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas” – Ulug‘bek Inoyatov
11:19 / 09.07.2023
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning 3 nafari saylovda ovoz berdi
17:26 / 05.07.2023
XDP: Xalq maslahatchilari o‘rniga hakamlar hay’ati institutini joriy qilish taklif etildi
09:37 / 22.06.2023