O‘zbekiston | 18:55 / 09.10.2023
22563
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samarqandda “Biznes Marafon”ning 4 - bosqichi yakunlandi

Respublika bo‘ylab Yoshlar ishlari agentligi, "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi hamda Mfaktor jamoasi hamkorligida yoshlar uchun “Biznes Marafon” loyihasi davom etmoqda.

Foto: "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Biznes Marafon 4.0” mavsumining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Samarqandlik yoshlar va spikerlar suhbati qizg‘in kechdi. Eng yaxshi savol egalari va faol yoshlarga kitoblar topshirildi.

“Biznes marafon” treninglari yurtimiz va xorijda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz, tajribali tadbirkorlar va biznes trenerlar:

Hasan va Husan Mamasaidovlar (“Deli.uz”, “Dekos.uz”, “ Mfaktor” loyihalari asoschilari);

Umid Ishmuhamedov (“Edu-Action” asoschisi);

Murod Nazarov (“Nest One”, “NRG”, “Murad Buildings” asoschisi);

Laziz Adhamov (“SAP Uzbekistan” mintaqaviy direktori);

Feruz Allayev (“Asaxiy.uz” internet do‘koni asoschisi);

Sherzod Beknazarov (“Yaskanamu”, “Alvon” tekstil brendlari asoschisi);

Muhammad Ali Eshonqulov (“Yuksalish” maktablari asoschisi);

Shahzod Bahodirov (“Thompson school” loyihasi asoschisi);

Davron Turdiyev ("Supermiya" loyihasi asoschisi);

Nilufar Anvarovna ("ZMB Academy" xususiy maktablari asoschisi);

Nigora Akilova ("Beauty.uz" loyihasi asoschisi);

Ibrohim Gulyamov ("PSG Consulting" asoschisi, ekspert);

Azim Byanxanov ("La esmeralda" restoranlar tarmog‘i asoschisi) va boshqalar tomonidan olib borildi.

Xayrulla Sattarov "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi ijro etuvchi direktori (Samarqand shahri)
Husan Mamasaidovlar “Deli.uz”, “Mfaktor” loyihalari asoschisi
Laziz Adhamov “SAP Uzbekistan” mintaqaviy direktori (Samarqand shahri)

O‘tkazilgan motivatsion treninglarda 20 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etib, 2100 nafardan ortiq yoshlar va yosh tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar hamda savollariga oid konsultatsiya va maslahatlar berildi.

Samarqand shahri, Binzes Marafon

“Biznes marafon” loyihasi davomida “Asaxiy books” mobil ilovasi orqali 5 nomdagi biznes va shaxsiy rivojlanishga oid besseller kitoblar barcha ishtirokchilarga elektron va audio formatda, faol ishtirokchilarga esa bosma shaklda taqdim etildi.

Samarqand shahri, Binzes Marafon
Samarqand shahri, Binzes Marafon

Hududlarda o‘tkazilgan “Biznes marafon” motivatsion treninglar respublika televideniyalarida efirga uzatilib, marafonlarning to‘liq formatdagi videolavhalari “YouTube” ijtimoiy tarmog‘idagi “Mfaktor” sahifasida 88,1 ming marotaba ko‘rilgan bo‘lsa, 350 ming nafardan ziyod yoshlar muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordi.

Umid Ishmuhamedov “Edu-Action” asoschisi
Shahzod Bahodirov Thompson school" loyihasi asoschisi
Davron Turdiyev "Supermiya" loyihasi asoschisi

Loyiha davomida yoshlar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar o‘rtasida savol-javob formatida qizg‘in suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid