O‘zbekistonliklar 11.11 savdosida nimalarni xarid qilishmoqda
Uzum Market milliy marketpleysi 11.11 savdosining dastlabki soatlari natijalari bilan bo‘lishdi. 3 soat ichida milliy marketpleysda buyurtmalar soni 10 noyabrdagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 4 baravar oshdi. Eng ko‘p sotilgan tovarlar orasida: mahsulotlar, idish-tovoq va uy-ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, smartfonlar bor. "Beparvolikning nozik san’ati" ham mashhur — 3 soat ichida kitob 25 marta buyurtma qilingan.
Bugun milliy marketpleysda 80% gacha chegirmalar bilan 100 mingdan ortiq tovarlar taqdim etilgan, katta savdoda 2000 dan ortiq sotuvchilar — mamlakatning barcha mintaqalaridan yirik kompaniyalar va xususiy tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
— Bu yilgi katta savdolarni nafaqat xaridorlarimiz, balki sotuvchilar ham kutishgan, chunki 11.11 — bu yangi mijozlarni jalb qilish, savdolarni oshirish, yangi sharhlar olish va do‘konning marketpleysdagi reytingini oshirish imkoniyatidir, — deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov. — Savdolar mavsumi boshlanishidan oldin biz yangi omborni ishga tushirdik va atigi so‘nggi bir oy ichida 37 ta yangi buyurtma tarqatish punktlarini ochdik, jadal o‘sishga qaramay, mijozlarimiz o‘rganib qolgan servis sifatini saqlab qolish uchun. 11.11 savdosida qilingan birinchi buyurtmalarini Uzum Market foydalanuvchilari ertagayoq olishadi.
Katta savdoning dastlabki soatlarida eng mashhur tovarlar - kungaboqar yog‘i, tez eriydigan qahva, konservalangan no‘xat va makkajo‘xori, shuningdek, Xiaomi Redmi Note va Infinix smartfonlari bo‘ldi. Toshkent, Buxoro va Nukus aholisi chegirmali tovarlarni xarid qilishda eng faol bo‘ldi.
Uzum Market milliy marketpleysida katta savdo 11 noyabrdan 21 noyabrgacha davom etadi. 1 kun ichida yetkazib beriladigan tovarlarga mamlakat bo‘ylab 72 ta aholi punktlari aholisi buyurtma berishlari mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
19:00 / 16.10.2024
Mamlakatning 30 ta eng yirik shaharlari bo‘yicha havo sifati ma’lumotlari endi onlayn rejimida mavjud
11:00 / 13.09.2024
Uzum Market yanada yaqinroq: yoz davomida topshirish punktlari soni 2 barobarga oshdi
16:59 / 05.08.2024
Yumshoq penal va o‘rgimchak odamli ryukzaklar: o‘zbekistonliklar o‘quv yili arafasida qanday tovarlarni tanlashmoqda?
19:00 / 12.07.2024