O‘zbekiston | 11:42 / 24.11.2023
14876
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroportida direktor almashdi

O‘zbekiston poytaxti xalqaro aeroportini Jasur Po‘latov boshqaradigan bo‘ldi. U Buxoro aeroporti direktori edi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports boshqaruvi raisining 2023 yil 22 noyabrdagi buyrug‘iga binoan Jasur Po‘latov «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJ direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Jasur Po‘latov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi, o‘z faoliyatini aviatsiya sohasida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKda havo tashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan va mazkur lavozimda 2019 yilgacha ishlab kelgan.

Shundan so‘ng mehnat faoliyatini O‘zbekiston Transport vazirligida davom ettirib, so‘nggi yillarda aeroportlarni rivojlantirish va yerusti ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2023 yilda Uzbekistan Airports'ga taklif qilinib, boshqaruv raisining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishladi. Keyinchalik Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning dekabr oyidan beri Shukur G‘oipov O‘zbekiston poytaxti xalqaro aeroportini boshqarib kelayotgandi. 

Mavzuga oid