O‘zbekiston | 13:12 / 24.01.2024
2546
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Pokiston maxsus vakillari Afg‘oniston masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidentining va Pokiston bosh vazirining maxsus vakillari Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Pokiston bosh vazirining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Asif Durroniy bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistondagi joriy vaziyat, xalqaro hamjamiyat hamda ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, xususan, Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temiryo‘l liniyasi qurilishi muhokama qilindi. Pokiston tomoni ushbu loyiha mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik konsepsiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egaligi ta’kidladi.

Tomonlar Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish, shuningdek, mamlakat tinch taraqqiyotiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid