Buxoroda daraxt kesgan shaxs salkam 5,5 mln so‘m jarimaga tortildi
Buxoro viloyatida Aylant navli daraxtni kesib tashlagan fuqaroga 5 440 000 so‘m jarima qo‘llandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, viloyat Ekologiya boshqarmasi Buxoro shahri inspeksiyasi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Buxoro shahar «Sherbuddin» MFY hududidan fuqaro X.I. tomonidan 3 tup Aylant daraxti kesib tashlangani aniqlandi.
Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,1 million 700 so‘m jarima qo‘llandi hamda 3 million 740 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Mavzuga oid
16:18
Yangiyo‘lda 5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi
17:40 / 08.11.2024
“Dunyodagi daraxtlarning 38 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida” – IUCN
20:35 / 07.11.2024
2 tup chinorni kesgan shaxs tabiatga 199 million so‘m zarar yetkazdi
18:18 / 06.11.2024