Toshkentda «garmoshka»-avtobusning orqa qismi yo‘l chetiga chiqib ketdi
Hodisa Uchtepa tumani 18-avtobus saroyi qarshisida yuz bergan. Avtobus yuk mashinasi yordamida chiqarib olingan. «Toshshahartransxizmat» avtobusga zarar yetmaganini ma’lum qilgan.
31 yanvar kuni tongda Toshkent shahrida 11-yo‘nalishda harakatlanuvchi tirkamali King Long avtobusi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu holat aks etgan videoyozuv Kun.uz tahririyatiga yetib keldi.
Videoda «garmoshka» ko‘p sonli odamlar yordamida evakuatsiya qilinganini ko‘rish mumkin.
Hodisa Uchtepa tumanidagi 18-avtobus parki ro‘parasida ro‘y bergan. O‘zbekiston prezidenti 2022 yil dekabrida ushbu avtoparkka tashrif buyurgan, shundan keyin poytaxt jamoat transporti uchun katta sig‘imli avtobuslarning yirik partiyasi olib kelingandi.
Avtobus yo‘nalishga chiqayotgan vaqtda yog‘ingarchilik oqibatida yo‘l qoplamasi cho‘kkan loyli qatlam tushib qolib, sirg‘anib ketgan. Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtobusning orqa qismi yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Hodisa vaqtida avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan, jabrlanganlar yo‘q. «Toshshahartransxizmat» avtobus shikastlanmaganini ma’lum qilgan va uning YTHdan keyingi fotosuratlarini taqdim etgan.
«Hozirda avtobus maxsus yuk avtomashinasi yordamida qiyalikdan chiqarilib, yo‘nalishga qayta tasarruf etilgan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
16:01 / 11.09.2024
Oliy sud rais o‘rinbosari va Toshkent shahar sudi raisi qandolat fabrikasini “ziyorat” qildi
20:48 / 10.09.2024
Toshkentda konduktor mast holda bo‘lgan shaxsni kuch ishlatib avtobusdan tushirib yubordi
11:05 / 08.09.2024