Jahon | 10:19 / 27.02.2024
4128
2 daqiqa o‘qiladi

JST: Global savdo o‘sishi kutilganidan kamroq bo‘lishi mumkin

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlari savdo vazirlari to‘rt kun davomida yangi global savdo qoidalarini muhokama qilish uchun JST taklifiga binoan Abu-Dabida yig‘ilmoqda.

Foto: Schöning/IMAGO

Jahon savdo tashkiloti (JST) ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil global savdo o‘sishi ilgari prognoz qilinganidan zaifroq bo‘lishi mumkin. «Pastga tushish xatarlarini hisobga olsak, bu yil savdo hajmining 3,3 foizga o‘sishiga erisha olmaymiz», — dedi JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning so‘zlarini keltiradi 26 fevral, dushanba kuni Reuters agentligi.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlari savdo vazirlari to‘rt kun davomida yangi global savdo qoidalarini muhokama qilish uchun JST taklifiga binoan Abu-Dabida yig‘ilmoqda. «Bu siyosiy nuqtayi nazardan juda qiyin vaqt», deb tan oldi Okonjo-Iveala jurnalistlarga. U urushlar, keskinliklar va yaqinlashib kelayotgan saylovlar haqida gapirdi. «Ammo ishonchim komilki, biz hali ham ma’lum natijalarga erisha olamiz», deb ta’kidladi JST rahbari. Konferensiyaning boshqa ishtirokchilari uning optimizmini baham ko‘rmayapti. «Xalqaro hamkorlik yomon ahvolda», deya sammit ishtirokchilaridan birining so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik. 

Bu yil ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan yig‘ilishda ishtirok etish uchun ikkita yangi davlat taklif qilindi: Komor orollari va Sharqiy Timor. Reuters ta’kidlaganidek, sammit ishtirokchilari 120 ga yaqin davlat o‘rtasida rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan sarmoyaviy to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Boshqa tomondan, raqamli savdoga bojxona to‘lovlarini qo‘llash bo‘yicha 25 yillik moratoriy bo‘yicha kelishuvga erishish qiyin bo‘lishi mumkin. Janubiy Afrika va Hindiston bu variantni rad etyapti. Qishloq xo‘jaligi savdo qoidalari bo‘yicha kelishuvga erishish ham dargumon deb hisoblanyapti. 

Mavzuga oid