Abdulla Aripov Qoshg‘ar shahriga tashrif buyurdi
Joriy yilning 29 fevral-1 mart kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyning Qoshg‘ar shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida 1 mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona hamda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinping o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
O‘tgan 2023 yilda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida savdo ko‘rsatgichlari rekord darajaga – qariyb 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish uchun hali ishga solinmagan juda ko‘p imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, zamonaviy texnologiya, uskunalarni import qilish hamda to‘qimachilik, mis, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024