O‘zbekiston | 22:38 / 01.03.2024
6579
3 daqiqa o‘qiladi

Senat raisi Jizzax viloyatining rivojlanish tendensiyalari bilan tanishdi 

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Zomin, Do‘stlik tumanlari hamda Jizzax shahrida bo‘ldi. 

Foto: senat.uz

Tashrif doirasida u Sharof Rashidov tumani, «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod faoliyati bilan tanishdi. U yerda ishchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilganligiga, ularga mehnatiga yarasha munosib ish haqi to‘lanayotganiga alohida e’tibor qaratildi. 

Keyingi manzil tumandagi «Oqtosh» mahallasida bunyod etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» massivi bo‘ldi. Bu yerda qurilish ishlari holati, ularning belgilangan standart talablar asosida qurilayotgani, farmonda ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi. 

Zomin tumaniga tashrif davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Zomin «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyidagi shart-sharoitlarni o‘rgandi. Ayollarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, shifokorlar va bemorlar bilan suhbat qurdi. 

Shunday so‘ng, Zomin tumanida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami, zamonaviy turizm infratuzilmasi, mehmonxonalar va sayyohlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. 

Tashrif doirasida Do‘stlik tumanida tashkil etilgan Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Bugungi kunda ushbu markazda 10 ta tadbirkorlik sub’yekti 82 ta loyihani amalga oshirmoqda. 

Senat raisi viloyatda kibersport turining rivoji, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, xususan, Jizzax shahrida barpo etilgan kibersport arenasi bilan tanishdi. 

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida viloyat velosportchilari bilan uchrashib, velosiped sporti federatsiyasiga DAMAS avtomashinasi hamda 10 ta maxsus velosipedlar uchun sertifikat topshirdi. 

Senat Kengashining Jizzax viloyatida o‘tkazilgan sayyor majlisida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi, vazirlik, idoralar, hudud ijro organlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi va tegishli choralar  ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mavzuga oid