Britaniya O‘zbekistonda data-markaz tashkil etishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston elchixonasida Britaniyaning Lapwing kompaniyasi rahbari Dermot Mayyers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda data-markaz tashkil etish bo‘yicha sarmoyaviy loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qildi.
Dermos Moyyersning aytishicha, britaniya tomoni O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligidan kelib chiqib, ushbu g‘oyani Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan respublikada amalga oshirishga qaror qilgan.
Britaniyalik hamkorlar data-markazni Toshkent yoki Sirdaryo viloyatida BAAning Gulf Data Hub kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
O‘zbekiston hududida data-markaz tashkil etilsa, tijorat banklari, TMK va AKT kompaniyalari uchun «bulutli zaxirada» ma’lumotlarni saqlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:05
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi
17:36 / 04.11.2024
Britaniyalik olimlar “asab tizimi”ga ega dronlarni sinovdan o‘tkazmoqda
14:58 / 03.11.2024
G‘arb va SSSR o‘rtasidagi josuslik o‘yinlari: Britaniyaga qochgan sovet mayori
09:36 / 03.11.2024