Jamiyat | 21:08 / 04.05.2024
14009
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 8 yoshli qizni poyezd urib yubordi 

Uning ahvoli juda og‘ir ekani aytilmoqda. 

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyatida 8 yoshli qizni poyezd urib yubordi. Bu haqda «Bu kun» dasturida xabar berildi. 

Baxtsiz hodisa 28 aprel kuni soat taxminan 16:30 larda Andijon tumanining «Do‘ngqishloq» mahallasi hududidan o‘tuvchi Xonobod—Andijon temir yo‘lida sodir bo‘lgan. 

Poyezd harakatlanayotgan vaqtda nazoratsiz qoldirilgan 2016 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. 

Hodisa sabab qiz bosh qismidan jarohat olib, hushsiz holatda shifoxonaga yetkazilgan. Unda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Hozir ahvoli juda og‘ir ekani ta’kidlanmoqda. 

Mavzuga oid