O‘zbekiston va Yaponiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Yaponiya janubi-sharqida kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.
O‘zbekiston Yaponiya tomonining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinchi sammitini o‘tkazish va bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi ta’kidlandi.
Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.
Mavzuga oid
18:37
Fuji tog‘iga birinchi qor yog‘di - bu 130 yildan beri kuzatilgan eng kech sana
17:26 / 07.11.2024
Osiyodagi eng katta kruiz layneri Yaponiyada buzilib qoldi
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
17:14 / 05.11.2024