Jahon | 13:30
625
1 daqiqa o‘qiladi

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 182 nafarga yetdi

Yana besh nafar OAV xodimi Isroil harbiylari qo‘lidan halok bo‘ldi.

Foto: AP

G‘azo sektorida yana besh nafar ommaviy axborot vositalari xodimi Isroil harbiylari qo‘lidan halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Ular orasida prodyuser Nadiya Imad al-Sayyid va radio boshlovchi imom Abdurahmon Semir at-Tanani ham bor.

Shu tariqa, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil agressiyasi natijasida eksklavda halok bo‘lgan jurnalistlar soni 182 nafarga yetdi.

Isroil G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi hujumni boshlagan 2023 yil 7 oktyabrdan beri o‘ldirilgan matbuot xodimlari soni 182 nafarga yetdi.

Kecha erta tongda Isroil samolyotlari G‘azo shahri g‘arbidagi Al-Shati qochqinlar lageridagi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi «Esma» maktabiga hujum qildi. Bino ko‘chirilgan falastinliklar uchun boshpana vazifasini o‘tagan.

Mavzuga oid