O‘zbekiston | 08:10
1658
1 daqiqa o‘qiladi

Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “O.A.” fermer xo‘jaligi rahbari X.O. 1 dona suv nasosini elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan

Natijada jami 932 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. 

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid