Iqtisodiyot | 10:24 / 23.12.2016
5117
1 daqiqa o‘qiladi

Deutsche Bank 7,2 milliard dollar jarima to‘laydi

Foto: REUTERS

Deutsche Bank va AQSh adliya vazirligi kelishuvga erishishdi. Unga ko‘ra, bank vazirlikning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi hiylalar borasida kiritgan da'vo arizasiga ko‘ra 3,1 milliard dollar miqdorida jarima to‘lab beradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kelishuv bankning amerikalik mijozlari zararlarini qoplash uchun 4,1 milliard dollar miqdorida mablag‘ ham taqdim etadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Deutsche Bank jahon moliyaviy inqirozi vaqtida boshqa yirik banklar kabi, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xavflar bahosini kamaytirgan. Ular esa oxir-oqibat AQSh hukumati bilan yaqin aloqada bo‘lgan Fannie Mae va Freddie Mac ipoteka kompaniyalariga sotib yuborilgan.
 

Mavzuga oid