Iqtisodiyot | 10:45 / 02.02.2017
8130
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyo kimyo sanoatidagi eng yetakchi kompaniya vakillari “Angren” EIZga tashrif buyurdi

1 fevral kuni “Angren” erkin iqtisodiy zonasida “BASF Markaziy Osiyo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida “Angren” erkin iqtisodiy zonasida investorlarga yaratilgan qulay muhit haqida ma'lumot berildi, shuningdek, erkin iqtisodiy zona hududida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

BASF – o‘z ichiga oltita yuqori integratsiyalashgan ishlab chiqarish komplekslarini qamrab olgan kimyo sanoati bo‘yicha dunyo yetakchisi sanalib, jahon bo‘ylab 370dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari va 113 ming xodimi bor.

Kontsern takliflar portfelida, jumladan, neft va tabiiy gaz, kimyoviy modalar, plastmassa, maxsus kimyoviy moddalar, qishloq xo‘jalikka mo‘ljallangan va nozik kimyo mahsulotlari bor.

Mavzuga oid