Fan-texnika | 13:22 / 06.03.2018
38301
1 daqiqa o‘qiladi

50 dollardan sotilishi aytilgan iPhone 5S’ga juda katta navbat paydo bo‘ldi

Foto: The Verge

Joriy yil mart oyi boshida Switch brendi ostida ishlovchi Apple’ning Malayziyadagi reselleri peshtaxtalardagi so‘nggi, qolib ketgan qurilmalar sotilishi haqida ma'lum qildi. Ular orasida o‘nta iPhone 5S – 50 dollardan, so‘nggi iPad Air 2 – 77 dollardan va MacBook Air 2011 – 128 dollardan sotilmoqda.

«Tungi navbat»ga qo‘yilgan taqiqqa qaramay, xaridorlar do‘kon oldida ochilishidan 19 soat avval to‘plana boshlashdi. Hammasi bo‘lib ish kuni avvaliga kelib 11 ming kishi navbatda turgan.

Switch vakillari bunday ajiotajni jilovlay olmay, sotuv noma'lum muddatga «xavfsizlik sabablari tufayli» ko‘chirilishi haqida ma'lum qilishdi. Ularning qo‘shimcha qilishicha, do‘kon o‘z ishini odatiy rejimda davom ettiradi, keyingi kunlarda esa Apple’ning boshqa qurilmalariga aksiyalar boshlanadi.

Foto: Soyasincau
Foto: Soyasincau

Mavzuga oid