Sport | 14:25 / 29.08.2018
8144
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik 3 kurashchi chorak finalda, bir kurashchi nimchorak finaldayoq yutqazdi

Indoneziyada Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.

O‘zbekiston kurashchilar jamoasining bugungi bahslardagi 4 nafar vakilidan 3 nafari chorak finalga chiqdi.

-63kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova nimchorak finalda vetnamlik Nguen Ti Tan Tramni mag‘lub etib keyingi bosqichga o‘tdi. U endi yarim final yo‘llanmasi uchun Xitoy Taypey vakili Li Vantingga qarshi gilamga chiqadi.

Shu vazn toifasidagi Dildor Shermetova afg‘onistonlik Nafisa Ahmadiga imkoniyat qoldirmadi - 10:0. Shermetovaning keyingi raqibi xitoy taypeyilik Xuang Shinnan bo‘ladi.

-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov ham chorak finalda. U nimchorak finalda qozog‘istonlik Sulton Jonibekdan ustun keldi. Sarvar Shomurodov chorak finalda tojikistonlik Akmal Murodov bilan bellashadi.

Shu vazn toifasida bahslarga kirishgan Muso Sobirov esa nimchorak finalda tojikistonlik Xojazoda Behruziga yutqazib qo‘ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Mavzuga oid