Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi O‘zbekistonga keldi
BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
Tashrif davomida UNWTO bosh kotibi Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston iqtisodiy forumida ishtirok etadi. Shuningdek, u Samarqand Turistik markazidagi «Boqiy shahar» majmuasi hamda 2023 yili Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining (UNWTO) 25-sessiyasi o‘tkaziladigan «Kongress holl»ga tashrif buyurish, infratuzilma, shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, «Konigil» turizm qishlog‘i hamda Samarqanddagi Turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga ham boradi. Martabali mehmon universitet talabalari uchun ma’ruza qilishi kutilmoqda.
Tashrif 7 noyabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
19:54 / 23.10.2023
Zurab Pololikashvili UNWTO bosh kotibi lavozimiga uchinchi muddatga saylanish huquqini qo‘lga kiritdi
08:33 / 01.10.2023
UNWTO bosh kotibi barchaning e’tiborini O‘zbekistonga qaratdi
08:13 / 09.11.2022
O‘zbekiston Jahon sayyohlik tashkiloti bilan ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘ini yaratmoqchi
17:43 / 07.11.2022