O‘zbekiston IIVda qator lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida qator lavozim o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.
Ma'lumotga ko‘ra, polkovnik Saidkarim Nishonboyev O‘zbekiston IIV boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aytbay Temirxanov esa Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.
Bundan tashqari, Polkovnik Alisher Ergashev O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Nodir Qurbonov esa IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish yuritadigan bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarida ham lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi. Jumladan, podpolkovnik Farrux O‘sarov viloyat IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Rahmonali Musayev Farg‘ona shahar ichki ishlar boshqarmasiga, podpolkovnik Azimjon Yuldashev Qo‘qon shahar IIBga, podpolkovnik Qudratjon O‘rinboyev Quvasoy shahar ichki ishlar bo‘limiga, podpolkovnik Ziyohiddin G‘afurov Uchko‘prik tuman IIBga rahbar etib tayinlanishgan.
Podpolkovnik Otabek Saydahmedov Samarqand viloyat Qo‘shrabot tuman ichki ishlar bo‘limini boshqaradi.
Mavzuga oid
15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024