Jamiyat | 11:30 / 16.01.2017
29330
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekdagi aviahalokat: qurbonlar 35 nafarga yetdi (foto, video)

16 yanvar Toshkent vaqti bilan soat 6.31da Bishkekdagi "Manas" xalqaro aeroporti yaqinida turk aviakompaniyasining Gonkongdan kelayotgan Boeing 747 yuk samolyoti halokatga uchradi.

Samolyot dala hovlilar ustiga qulagan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 nafarga yetgan. 

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, shuning uchun halok bo‘lganlar soni haqidagi ma'lumotlar o‘zgarishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 8 kishi, jumladan 6 yosh bola ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilganlar. Samolyot qulashi oqibatida 15 taga yaqin bir qavatli uylar vayron bo‘lgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot MyCargo Airlines (boshqa nomi ACT Airlines) turk kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Avval samolyot Turkish Airlines’ga tegishli ekanligi ma'lum qilingandi.

​​​​​​

 

Mavzuga oid