Krasnoyarskdagi turizm yarmarkasida O‘zbekiston paviloni gavjum bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytda Rossiya davlatining Krasnoyarsk o‘lkasida safarda bo‘lib turibdi. Qo‘shni davlatga tashrifdan maqsad ikki mintaqa o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion sohalar, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm, sog‘liqni saqlash va ta'lim hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishdan iborat.
24 mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Krasnoyarsk shahrida xalqaro turizm bo‘yicha tashkil etilgan yarmarkada ishtirok etishdi. 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Yenisey” turistik yo‘nalishidagi ko‘rgazma-yarmarkasida 30dan ortiq davlat qatnashmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan pavilonda mamlakatdan olib borilgan 200 dan ortiq mahsulot ko‘rgazmaga qo‘yilgan bo‘lib, meva-sabzavot, milliy yo‘nalishda tayyorlangan suvenir va liboslar, tekstil, mato, poyabzal singari va boshqa mahsulotlarga mahalliy tadbirkorlar yuqori baho berishdi. Krasnoyarsk o‘lkasining bir qator ishbilarmonlari kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shartnomalar imzolash bo‘yicha takliflar bildirishdi.
Ko‘rgazma zalining o‘zida milliy taom – palov damlanib, tashrif buyurganlarga tarqatildi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024