Jahon | 20:48 / 30.05.2017
10693
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik Dubayda musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoq jazosiga mahkum qilindi

Foto: RIA

Hindiston fuqarosi Facebook’da musulmonlarni haqoratlagani uchun 136 ming dollarlik jarimaga va bir yillik qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda The National nashri xabar bermoqda

30 yoshli hindning o‘zi aybini tan olmayapti va uning akkauntiga buzib kirilganini vaj qilmoqda.

Uning haqoratlar bildirilgan yozuvlari o‘tgan yil noyabrda paydo bo‘lgan. Tergovning ko‘rsatishicha, ayblanuvchi bu xabarlarni chop etgan kunining ertasigayoq o‘chirib tashlagan. 

BAAning internetdagi jinoyatlar haqidagi qonunlariga ko‘ra, erkak jazoni o‘tab bo‘lgach, vataniga qaytarilib yuboriladi. 

Mavzuga oid