O‘zbekiston | 10:30 / 27.12.2017
15745
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident sovg‘alari hududlarga yetkazildi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va e'tiborining yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

“Prezident archasi” tadbirini mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Xalq ta'limi vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugungi kunga kelib Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Go‘daklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlandi. Joriy yilning 26 dekabr kuni, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga jami 3734 dona Prezident sovg‘alari avtotransportlarda, 6265  dona Prezident sovg‘alari “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-27 dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 9 ta viloyatga yetkazildi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

Sovg‘alar 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.

Mavzuga oid