Jahon | 08:51 / 28.02.2018
5002
1 daqiqa o‘qiladi

Rimda dizel yoqilg‘isidagi mashinalar taqiqlanmoqda

Foto: Pixabay

Rim hukumati 2024 yildan boshlab shahar markaziga dizel yoqilg‘isidagi avtomobillarning kirishini taqiqlaydi. Bu haqda Italiya poytaxti meri Virjiniya Raji C40 iqlim sammitida ma'lum qildi.

«Biz ekstremal iqlim hodisalarini ko‘p uchratmoqdamiz. Shuning uchun ham tez harakat qilishimiz lozim. 2024 yildan Rim shahri markazida dizel yoqilg‘isidagi avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi», - deya yozgan Raji feysbukdagi sahifasida.

Merning ta'kidlashicha, Italiya aholisi qat'iy choralarni qabul qilishi va iroda ko‘rsatishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, C40 guruhi xalqaro iqlim sammitida jahondagi 94 ta yirik shahar vakillari qatnashmoqda.

Mavzuga oid