Jahon | 18:04 / 08.06.2018
8120
2 daqiqa o‘qiladi

CNN boshlovchisi o‘z joniga qasd qildi

Foto: David Scott Holloway/CNN

Yozuvchi, bosh oshpaz va teleboshlovchi Entoni Burden o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda CNN.

Burden 61 yoshda bo‘lgan. Telekanalning rasmiy xabarida u sarguzashtlarga, do‘stlari bilan birga dam olishga, yaxshi taomlarni tayyorlashga alohida mehr qo‘ygani aytiladi. «Uning iste'dodli jihatlari bizni hayratda qoldirardi, uni juda sog‘inamiz», - deyiladi kanal ochiq xatida.

Burden Fransiyada o‘z joniga qasd qilgan, u bu yerga o‘zining Parts Unknown shousi suratga olish ishlari uchun kelgandi. Uni yaqin do‘sti, fransiyalik bosh oshpaz Erik Riper Burdenni mehmonxona xonasida hushsiz holatda topgan.

Entoni Burden taomlar va sayohatlar haqidagi Parts Unknown shou ustida 2013 yildan beri ishlayotgandi, dastur ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u milliy ozchilik va umumiy ovqatlanish muassasalari xodimlari huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanardi.

Mavzuga oid