O‘zbekiston | 14:22 / 12.02.2019
14921
1 daqiqa o‘qiladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bekzod Hamzayevich Ummatov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimini egallagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 11 fevral kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Ma'lumot uchun, Bekzod Ummatov bundan avval Davlat raqobat qo‘mitasida bosh mutaxassis bo‘lib ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Najmiddin Sharipov yangi tashkil etilgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga rahbar etib tayinlangandi. 

Mavzuga oid