Jamiyat | 19:26 / 26.08.2019
18849
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda jayron ovlagan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida jayron ovlagan shaxslar qo‘lga olindi. Jig‘achi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning bu hatti-harakatlariga xalqning o‘zi baho bersin. 

«24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi hududdagi harbiy qism safdorlari hamda Buxoro viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan to‘rt nafar shaxs Qorako‘l tumani Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, noyob turlardan hisoblangan jayronlarni ovlayotgan vaqtlarida qo‘lga tushirildi. 

Bu qonunbuzarlar uch dona ov quroli va kuchli yoritish asboblaridan foydalangan holda 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlashgan. Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasida ko‘rsatilgan talablarini buzgan.  

Ushbu huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari borligi sababli  to‘plangan  hujjatlar amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi», deyiladi Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

Mavzuga oid