Jahon | 08:40 / 20.10.2019
41188
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning eng xavfli harbiy kemasi ma'lum qilindi  

Foto: RIA Novosti /Aleksey Kudenko

Military Watch nashri talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng xavfli harbiy kemasi sifatida “Admiral Naximov” raketa kreyseri e'tirof etildi.

Ta'kidlanishicha, ushbu kema Rossiya harbiy-dengiz floti tasarrufiga 2021 yilda o‘tishi kerak. 

Kema ko‘p sondagi qanotli raketalar va eng zamonaviy havo hujumiga qarshi tizim bilan jihozlanadi. Unda radioelektron kurashning yangi tizimlari, “Redut” va “Kortik” zenit-raketa majmualari o‘rnatiladi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, kreyserning asosiy kemalarga qarshi quroli “Tsirkon” raketasi hisoblanib, u ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSh harbiy-dengiz kuchlarining shu turdagi asosiy raketasi – “Garpun”ni ortda qoldiradi.

Nashrning ta'kidlashicha, kema dushman obektlariga uzoq masofalardan xavf sola olishi hisobiga Rossiya qurolli kuchlari qurollanishida turuvchi eng “xavfli harbiy kema”ga aylanishi mumkin.

Mavzuga oid