O‘zbekiston | 12:45 / 16.02.2020
37811
7 daqiqa o‘qiladi

Yangi tashkil etilgan Bandixon tumaniga prokuror, IIB boshlig‘i va boshqa rahbarlar tayinlandi

Surxondaryo viloyatida yangi tashkil etilgan Bandixon tumaniga hokimdan tashqari, uning o‘rinbosarlari, prokuror, IIB rahbari va bosh soliqchi tayinlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Anvar Eshmurodovich Xudoyorov Bandixon tumani prokurori etib tayinlandi.

Anvar Xudoyorov / Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

U 1985 yilning 1 yanvarida Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan, 2006 yilda Termiz davlat universitetini, 2010 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - pedagog va huquqshunos.

Anvar Xudoyorov faoliyati davomida Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori, katta tergovchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, prokuror yordamchisi, Boysun tumani prokurori, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori lavozimlarida ishlagan.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, Akmal Baratovich Berdinazarov Bandixon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akmal Berdinazarov / Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Akmal Berdinazarov 1983 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish.

Faoliyati davomida Angor tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, bo‘linma tezkor vakili, bo‘linma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan, Abdualim Muhammadiyevich Eshboyev Bandixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Abdualim Eshboyev / Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Abdualim Eshboyev 1981 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Termiz davlat universiteti, 2010 yilda Soliq akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – amaliy matematika va informatika, soliqlar va soliqqa tortish. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Faoliyati davomida Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi hamda  viloyat davlat soliq boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan. Bandixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangunga qadar viloyat davlat soliq boshqarmasida Ichki audit bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Komiljon Panjiyevich Salimov Bandixon tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Komiljon Salimov

Komiljon Salimov 1983 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat universitetini 2005 yilda bakalavr, 2008 yilda magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha magistr.

Faoliyati davomida Termiz shahar iste'molchilar huquqlarini huquqini himoya qilish jamiyati raisi, «Alfa invest» ËAJ sug‘urta tashkilotining viloyat bo‘yicha regional departamenti boshlig‘i, Termiz shahar hokimligi guruh rahbari, Termiz shahar davlat xizmatlari markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

«Surxondaryo elektr tarmoqlari korxonasi» AJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hasan Vahobovich Vohidov Bandixon tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Hasan Vohidov / Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Hasan Vohidov 1987 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – elektr energetika.

Faoliyati davomida Bandixon va Qiziriq tumanlari elektr tarmoqlari korxonalari hamda «Surxondaryo elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida turli lavozimlarda ishlagan.

Termiz shahar hokimligi huzuridagi San'at saroyi hududini obodonlashtirish, «Xotira maydoni» yodgorlik kompleksi va Alpomish haykaliga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti boshlig‘i Iskandar Tillayevich Mengliyev Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Iskandar Tillayevich Mengliyev

Iskandar Mengliyev 1981 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya.

Faoliyati davomida Termiz shahar ichki ishlar bo‘limi, Termiz temir yo‘l bekatidagi tarmoq ichki ishlar bo‘limi, Termiz shahar hokimligi, viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Termiz shahar obodonlashtirish boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.

«Surxon Agro xizmat» mas'uliyati cheklangan jamiyatining Bandixon bo‘yicha hudud rahbari Bahrom Muhiddinovich Hamrayev Bandixon tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bahrom Hamrayev / Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Bahrom Hamrayev 1964 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1988 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – agronom.

Faoliyati davomida Bandixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Bandixon tumanidagi «Nuriziyo Bandixon», Qiziriq tumanidagi «Arslonbek Farhod» fermer xo‘jaliklari rahbari lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qiziriq tumani Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Umid Omonovich Qulmamatov Bandixon tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Umid Qulmamatov / Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Umid Qulmamatov 1988 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat universitetini 2011 yilda filologiya, 2014 yilda iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – filolog, iqtisodchi.

Faoliyati davomida «Kamolot» YoIH viloyat Kengashi raisi o‘inbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid